Ter Shtegen yana jarohat oldi va Barselonaga qaytdi

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yana jarohat oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 33 yoshli germaniyalik futbolchi mashg‘ulot paytida shikastlanib, Saudiya Arabistonidagi yig‘inni erta tark etishga majbur bo‘lgan va Kataloniyaga qaytgan. “Ko‘k-anorranglilar” jarohat tafsilotlari va uning qanchalik jiddiy ekanini tibbiy ko‘riklardan keyin ma’lum qilishini bildirdi.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, ter Shtegenning jarohati, katta ehtimol bilan, og‘ir emas. Shuningdek, bu darvozabon o‘tgan mavsumning ancha qismini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lgan tizza muammosining qaytalanishi ham emas.
Bugun Hans-Diter Flik jamoasi Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Atletik” Bilbao bilan to‘qnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!