Grishin Barselona va Atletik bahsida favoritni aytdi

Ispaniya Superkubogi yarim finalida Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu to‘qnashuv oldidan futbol eksperti Aleksandr Grishin uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Grishinga ko‘ra, bahs favoriti — “Barselona”. Mutaxassis “Atletik” odatda kuchli raqiblarga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsata olmayotgani, tarkibda yuqori saviyali futbolchilar yetishmayotgani va jamoa hujumida bu mavsum avvalgi “o‘tkirlik” sezilmayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogi bahslari 7–11 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
“Barselona” — “Atletik” uchrashuvi bugun, 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!