date

Bugun Barselona va Atletik o‘rtasida muhim bahs bo‘ladi

Bugun Barselona va Atletik o‘rtasida muhim bahs bo‘ladi

Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida 7-yanvar kuni «Barselona» va «Atletik» o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bukmekerlar bahosiga ko‘ra, «Barselona»ning asosiy vaqtda g‘alaba qozonish ehtimoli 63,7% deb ko‘rsatilgan. Durang natija 20,2% bilan baholangan bo‘lsa, «Atletik»ning yutishi 16,1% ehtimol sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, mutaxassislar final yo‘llanmasi masalasida ham «Barselona»ni favorit deb bilmoqda: kataloniyaliklarning finalga chiqish imkoniyati 73,2% deya baholangan. «Atletik»ning umumiy hisobda ustun kelishi ehtimoli esa 26,8%.

«Barselona» – «Atletik» uchrashuvining jonli translyatsiyasi sport portalimizda namoyish etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bugun Barselona va Atletik o‘rtasida muhim bahs bo‘ladi