Genich Barselona Atletik o‘yiniga o‘z prognozini berdi

Ispaniya Superkubogi yarim finalida Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv arafasida futbol sharhlovchisi Konstantin Genich o‘z taxmini bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning fikricha, “Atletik” “Barselona” darvozasini ishg‘ol qila oladi, sababi kataloniyaliklar himoyasida muammoli joylar yetarli. Sharhlovchi g‘olib masalasida aniq javob bermadi, biroq uning asosiy varianti — har ikki jamoa ham gol urishi. Genich “Atletik”ning finalga chiqib qolishi ham uni ajablantirmasligini qo‘shimcha qildi.
“Barselona” — “Atletik” bahsi bugun, 7 yanvar kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. O‘yin matnli onlayn translyatsiyasi Liveresult.ru saytida mavjud bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!