O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov «Buxoro»da maslahatchi murabbiy sifatida ish boshlashi borasida chiqqan xabarlarga izoh berib o‘tdi, deb yozmoqda Kun nashri.
«Buxoro»da ishlashim haqidagi gaplar hech qanday asosga ega emas. Men ayni vaqtda hech bir klubda ishlamayapman va «Buxoro»ga ham hech qanday aloqam yo‘q.
«Buxoro»da bosh murabbiy sifatida Ulug‘bek Baqoyev, yordamchi murabbiy sifatida esa Baxtiyor Ashurmatov ishlamoqda. Oxirgi vaqtlarda menga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lib, odamlar «Buxoro»da ish boshlaganim bilan tabriklashyapti. Ammo aslini olganda, men hech qayerda ishlamayapman.
Buxoro shahriga borganim rost. Lekin u erga «Buxoro» bilan shartnoma imzolash uchun bormagandim. Shunchaki, klubdan taklif bo‘ldi, men esa rahbariyat bilan gaplashib olish uchun bordim. Qolaversa, taklifni qabul qila olmasligim avvaldan ma’lum edi, chunki buxoroliklar va’da qilgan shart-sharoitlar mening rejalarimga to‘g‘ri kelmadi.
Ulug‘bek Baqoyev nomzodini men tavsiya qilganim to‘g‘ri. Shaxsan o‘zim Baqoyevni iqtidorli futbolchi deb bilaman va uning nomzodini klub mutasaddilariga tavsiya qildim. Ulug‘bek faoliyati davomida bir qator kuchli murabbiylar qo‘l ostida tajriba to‘pladi. Boz ustiga mahalliy sharoitdan ham yaxshi boxabar. Bu esa «Buxoro»ga qo‘l kelishi mumkin», deya Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi «Interfutbol». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi