CIES talqinida dunyoning eng qimmat futbolchisi Yamal bo'ldi

CIES Football Observatory mutaxassislari o'z modeliga tayangan holda futbolchilarning bozor qiymatini hisoblab chiqdi. Natijalarga ko'ra, hozirda dunyodagi eng qimmat futbolchi — "Barselona" vingeri Lamin Yamal. 18 yoshli iste'dodning qiymati 343,1 million yevroga baholandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingda ikkinchi o'rinni "Manchester Siti" hujumchisi Erlin Holann egalladi — 255,1 million yevro. Kuchli uchlikni esa "Real" yulduzi Kilian Mbappe 201,3 million yevrolik ko'rsatkich bilan yakunladi.
Top-10 ro'yxatining keyingi pog'onalarida Jud Bellingem (153,1 mln), Maykl Olise (136,9 mln), Florian Virts (135,8 mln), Dezire Due (134,6 mln), Joau Nevesh (130,6 mln), Arda Gyuler (130,3 mln) va Pedri (130 mln) qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing