Karvaxal faoliyatini davom ettirish uchun uch yo‘lni ko‘rib chiqmoqda

Madridning “Real” klubi himoyachisi Daniyel Karvaxal jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Athletic jurnalisti Gilermo Ray ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi faoliyatining keyingi bosqichi uchun Qatar, Saudiya Arabistoni va AQSHdan tushayotgan variantlarni hamon diqqat bilan ko‘rib chiqmoqda. Shunga qaramay, Karvaxal “Real”da qolishni istaydi va yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti. Klub ichidagi manbalar futbolchining kelajagi yuzasidan qaror faqat o‘zaro kelishuv asosida qabul qilinishini ta’kidlaydi.
Karvaxal — “Real” tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo hozircha gol yoki assist bilan ajralib turmagan. Hozir himoyachi oktyabr oyi oxirida olgan tizza jarohatidan tiklanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!