Nikitin Simeone Realga qarshi o'yindan xulosa chiqarishi kerak

Madridning "Atletiko"si endi faqat himoyaviy jamoa degan tamg'adan chiqib ulgurgan, biroq hal qiluvchi bahslarda g'alaba uchun nimadir yetishmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu fikrni RPL sobiq futbolchisi Aleksey Nikitin bildirdi. Unga ko'ra, "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone aynan shu muammoni chuqur tahlil qilishi lozim.
"Ularning hujumdagi imkoniyatlari mavsum sayin kengayib boryapti. Lekin muhim o'yinlarda nimadir kamlik qiladi. Simeone albatta xulosa chiqarishi kerak", — deya ekspert so'zlarini "Match TV" keltirdi.
Eslatib o'tamiz, kecha Ispaniya Superkubogi yarim finalida Simeone shogirdlari "Real"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Sovrin uchun finalda Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa "el klasiko"da "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!