date

De Dzerbi Luis Enrikeni Gvardiola va Mourinyu qatoriga qoʻydi

De Dzerbi Luis Enrikeni Gvardiola va Mourinyu qatoriga qoʻydi

«Marsel» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi «PSJ» ustozi Luis Enrike haqida iliq fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq «Marsel» Fransiya Superkubogida parijliklarga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi: asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa «PSJ» 4:1 hisobida ustun kelgan.

De Dzerbining aytishicha, Luis Enrike Gvardiola va Mourinyu bilan bir qatorda futbol afsonalaridan biri. Italiyalik mutaxassis «PSJ»ni esa nafaqat sovrinlari, balki o‘yin sifati bilan ham dunyodagi eng kuchli jamoa deb atadi.

Enrike «PSJ»ni 2023 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub ikki marta Fransiya chempioni bo‘ldi, shuningdek, ikki martadan Fransiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, parijliklar Qit’alararo kubok, UEFA Superkubogi va Chempionlar ligasida ham g‘alaba qozondi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » De Dzerbi Luis Enrikeni Gvardiola va Mourinyu qatoriga qoʻydi