date

Semengyo transferi Bristol Sitiga 12 mln yevro olib keldi

Semengyo transferi Bristol Sitiga 12 mln yevro olib keldi

Bugun, 9 yanvar kuni, «Manchester Siti» «Bornmut» vingeri Antuan Semenyoni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kelishuv qiymati 72 million yevroni tashkil etdi. Gana terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma 2031 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

The Times xabariga ko'ra, bu transferdan «Bristol Siti» ham foyda ko'rdi — klub taxminan 12 million yevro ishlab oldi. Bunga sabab, 2023 yilda Semenyo «Bornmut»ga 10 million yevroga o'tganida shartnomaga futbolchini keyingi sotuvdan ulush berish bandi kiritilgani.

Joriy mavsumda Antuan Semenyo barcha musobaqalarda 21 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Semengyo transferi Bristol Sitiga 12 mln yevro olib keldi