date

Lineker Delap Chelsida doimiy gol urishiga ishonadi

Lineker Delap Chelsida doimiy gol urishiga ishonadi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker «Chelsi» forvardi Liam Delapning o‘yinini yuqori baholab, unda alohida nimadir borligini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linekerga ko‘ra, Delap hali buni to‘liq isbotlashi kerak, biroq uning maydondagi harakati, bo‘sh zonalarga vaqtida ochilishi va himoya chizig‘i ortiga yorib kirishga urinishlari yoqmoqda. U forvard yaxshi jismoniy holatda qolsa, «Chelsi» safida muntazam gol urishini aytdi hamda Delap ko‘proq va doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istashini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, Liam Delap 2025 yil yozida «Ipsvich»dan «Chelsi»ga 35 million yevro evaziga o‘tgan. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u 15 uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lineker Delap Chelsida doimiy gol urishiga ishonadi