Al-Hilol Rafinya uchun Barselonaga 100 mln yevro taklif qildi

“Barselona” vinger Rafinya bo‘yicha juda yirik taklif oldi. Fichajes El Nacional’ga tayanib xabar berishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Joau Kanselu bo‘yicha muzokaralar fonida braziliyalik futbolchi uchun 100 million yevro taklif bilan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, “Al-Hilol” 80 million yevroni kafolatlangan to‘lov sifatida, qolgan 20 millionni esa bonuslar ko‘rinishida berishga tayyor. “Barselona” esa summa kattaligini inobatga olib, taklifni ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, saudiya klubi Rafinyaga juda yuqori maosh taklif qilishni rejalashtirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi ham transfer g‘oyasini ma’qullagani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Rafinya va “Barselona” o‘rtasida futbolchi katta taklif tushgan taqdirda klubdan ketishi mumkinligi bo‘yicha kelishuv ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!