Sankt-Pauli va RB Leyptsig uchrashuvi boshqa kunga ko'chirildi

Germaniya Bundesligasida «Sankt-Pauli» — «RB Leyptsig» uchrashuvi rasman qoldirildi. Bu haqda «buqalar» matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin 10-yanvar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq Gamburgdagi kuchli qor yog‘ishi sabab stadion bellashuvni qabul qila olmaydi. «Sankt-Pauli» klubining «MillernTor» arenasi hududiy rasmiylar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng yopildi.
So‘nggi kunlarda Germaniyaning bir qator hududlarida yog‘ingarchilik keskin kuchaydi. Ayniqsa, tabiiy ofatdan mamlakatning shimoliy yerlarida vaziyat og‘irlashgani qayd etildi.
Ko‘chirilgan bahsning yangi sanasi keyinroq e’lon qilinadi. Hozir «Sankt-Pauli» 16-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda, Leyptsig klubi esa to‘rtinchi pog‘onada turib, keyingi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun raqobat olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!