De Dzerbi PSJga mag‘lubiyatdan keyin ikki gapni aytdi

“Marsel” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Fransiya Superkubogi doirasida PSJga yutqazilgan o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida futbolchilarga nimalar deganini oshkor qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik mutaxassisning aytishicha, u avval mag‘lubiyatlardan keyin hech qachon yig‘lamagan, biroq bu safar o‘zini tiyib tura olmaganini jamoasiga ochiq bildirgan.
De Dzerbi ikkinchi muhim fikr sifatida “Marsel” har doim aynan shunday darajadagi o‘yinni o‘zidan talab qilishi kerakligini ta’kidladi: uning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuvda futbol uchun zarur bo‘lgan barcha jihatlar — o‘yin, himoya, xarakter va texnika bor edi.
Qayd etilishicha, uchrashuv Kuvaytda o‘tkazilgani ko‘plab futbolchilar va muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan.
Natijada PSJ 2026 yildagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!