Borussiya Dortmund Zenit rad etgan Rayanga ko'z tikdi

Dortmundning «Borussiya» klubi «Vasko da Gama»ning 19 yoshli hujumchisi Rayan Vitor Simplisio Roshu transferi uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, «qora-sariqlar» futbolchini sotib olish borasida qiziqish bildirib, u bilan dastlabki aloqalarni yo'lga qo'ygan. Biroq nemis grandini bu yo'lda Myunxenning «Bavariya»si jiddiy raqobat kutmoqda. Shuningdek, «Kristal Pelas», «Portu» va «Latsio» ham braziliyalik iste'dodga e'tibor qaratgan klublar qatorida tilga olindi.
Rayan shartnomasida 80 million yevrolik tovon puli bandi borligi aytilmoqda, ammo Braziliya tomoni 50 million yevrodan boshlanuvchi takliflarni muhokama qilishga tayyor.
Avvalroq Rayan bo'yicha Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi ham muzokaralar olib borgan, biroq futbolchi Rossiyaga ko'chishni istamagan. U Rossiya chempionatini yetarlicha nufuzli deb hisoblamasligini bildirgan.
2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 57 o'yinda 20 gol urgan hujumchi esa hozircha amaldagi jamoasini tark etishga shoshilmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!