Rafinya Barselona tarixidagi eng sermahsul 50 futbolchi safiga kirdi

Braziliyalik hujumchi Rafinya Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Atletik» darvozasiga ikki gol urib, «Barselona»ning 5:0 hisobidagi yirik g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu dubl Rafinyaga klub tarixidagi eng ko'p gol urgan 50 futbolchi ro'yxatidan joy olish imkonini berdi: uning «Barselona» safidagi gollari 63 taga yetdi. Reytingda yetakchilikni esa an'anaviy tarzda Lionel Messi saqlab turibdi — 672 gol.
Jamoaning amaldagi to'purari Robert Levandovski 110 gol bilan 16-o'rinda bormoqda. Lamine Yamal hozircha 34 gol bilan 91-pog'onada, Pedri 28 gol bilan 102-o'rinda qayd etilgan. Fermin Lopes esa 27 gol bilan 104-o'rindan o'rin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing