date

Upamekano Bavariya bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida

Upamekano Bavariya bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida

Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachi Dayot Upamekano bilan kelishuvni uzaytirishga juda yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

L’Equipe xabariga ko'ra, yangi bitim 2030 yoki 2031 yilgacha mo'ljallanishi mumkin. Shartnomada futbolchining yillik maoshi 20 million yevro etib belgilanishi, shuningdek 20 million yevro miqdorida imzo bonusi ham ko'zda tutilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, kelishuvga 65 million yevrolik tovon puli bandi kiritiladi va u 2027 yildan kuchga kiradi.

Upamekano 2021 yilda «RB Leyptsig»dan «Bavariya»ga 42 million yevro evaziga o'tgandi. Hozirgi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u myunxenliklar safida 21 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Upamekano Bavariya bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida