Romano Luis Enrikening PSJdagi kelajagini ochiqladi

Nufuzli futbol insayderi Fabritsio Romano Luis Enrikening «PSJ»dan ketishi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. OAVda ispaniyalik murabbiy shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Romano bu ma’lumotlarni qat’iyan rad etdi. Uning aytishicha, u klub vakillari va murabbiy atrofidagi manbalar bilan gaplashgan hamda hozircha tomonlar o‘rtasida muammo yo‘qligini tasdiqlagan: hamkorlik davom etadi, jamoa ichida ziddiyat kuzatilmayapti.
Luis Enrike Parij klubida 2023 yil yozidan beri bosh murabbiy sifatida ishlamoqda. Amaldagi kelishuv 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan yili Enrike «PSJ»ni klub tarixidagi ilk marta UEFA Chempionlar ligasi chempionligiga olib chiqqandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!