Flik Real fantastik tarkibga ega ekanini ta'kidladi

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya Superkubogi finalida “Real”ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, “Real”ga qarshi final o‘ynash har doim alohida zavq va motivatsiya beradi. Flik jamoasida sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati borligini qayd etib, maydonda eng muhimi bir butun jamoa sifatida harakat qilish ekanini urg‘uladi.
Shuningdek, u madridliklar tarkibida juda yuqori saviyadagi, “fantastik” futbolchilar borligini tan oldi. Biroq Flikning so‘zlariga ko‘ra, u e’tiborini raqibdan ko‘ra ko‘proq o‘z jamoasining o‘yiniga qaratadi.
“Barselona” — “Real” uchrashuvi 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing