date

Bavariya Noyerning kelajagi haqida aniq izoh berdi

Bavariya Noyerning kelajagi haqida aniq izoh berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl jamoa darvozaboni Manuel Noyerning kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. 38 yoshli posbonning amaldagi shartnomasi joriy yil yozida yakuniga yetadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Noyer klub uchun juda ko‘p ish qildi. Tez orada u 40 yoshga yaqinlashadi, biroq Manuel hanuz yuqori darajada o‘ynamoqda. Biz muzokara stoliga o‘tiramiz va yangi shartnoma masalasini muhokama qilamiz», — deya Eberlning so‘zlarini Bayern&Germany sahifasi keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Noyer 2011 yil yozidan buyon myunxenliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Joriy mavsumda darvozabon 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol o‘tkazib yubordi. Olti uchrashuvda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Noyerning kelajagi haqida aniq izoh berdi