Laporta Real bilan aloqalar tiklanishi mumkinligini aytdi

“Barselona” prezidenti Joaan Laporta klubning “Real” bilan munosabatlari so‘nggi paytlarda sovuqlashganini tan oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, “ko‘k-anorranglilar” rahbari Ispaniya futbolining ikki yirik grandi o‘rtasidagi aloqalar kelajakda yana ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkinligini ta’kidladi.
“Biz ‘Real’ va uning vakillariga maksimal hurmat bilan qaraymiz. Munosabatlar taranglashdi, ammo hayotdagidek hammasini to‘g‘rilasa bo‘ladi. Bu har ikki tomonga bog‘liq”, — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi El Espanol.
“Barselona” va “Real” yakshanba kuni Ispaniya Superkubogi finalida to‘qnash keladi. “El klasiko”ni matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin. Uchrashuv 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing