date

David Vilya futbol tarixidagi eng zo'r o'yinchini aytdi

David Vilya futbol tarixidagi eng zo'r o'yinchini aytdi

Futbolchilik faoliyati bilan tanilgan David Vilya futbol tarixidagi eng kuchli o'yinchi kimligi borasida o'z fikrini bildirdi. Unga bir paytlar «Barselona»da birga to'p surgan Lionel Messi haqiqatan ham barcha zamonlarning eng buyugi hisoblanadimi, degan savol berildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vilya bu borada ikkilanmadi: u Messini shubhasiz va katta farq bilan eng zo'r futbolchi deb atadi. Sobiq hujumchi Messining faoliyatini yakunlamaguncha, dunyodagi eng yaxshi o'yinchi maqomi aynan unda qolishini ta'kidladi.

Shuningdek, Vilya Messi — u bir jamoada o'ynagan futbolchilar orasida ham, raqib sifatida qarshi maydonga tushganlar ichida ham eng kuchlisi ekanini qo'shimcha qildi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan. Hozirda argentinalik yulduz «Inter Mayami» safida o'ynamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Vilya futbol tarixidagi eng zo'r o'yinchini aytdi