Liverpul Real yulduzi Bellingem uchun 180 mln yevro taklif qilishi mumkin

Jude Bellingemning “Real”dan ketishi haqidagi gap-so‘zlar hozircha ko‘proq “sariq” mish-mishlarga o‘xshaydi, biroq futbolda kutilmagan burilishlar ham bo‘lib turadi. Bir necha kun avval ingliz yarim himoyachisi uchun “Chelsi” da’vogarlardan biri ekani tilga olingandi. Endi esa “qaymoqranglilar” yetakchisi yana bir APL grandi bilan bog‘lanmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda “Liverpul” Bellingemni qo‘lga kiritish uchun 180 million yevro sarflashga tayyorligini yozdi. Agar bunday kelishuv amalga oshsa, mersisaydliklar transfer bozorini jiddiy larzaga keltirishi mumkin.
22 yoshli Jude Bellingem 2023 yil yozidan beri “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Angliyalik futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028/2029 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!