date

Arda Gyuler finaldan keyin hissiyotga berilib yiqildi

Arda Gyuler finaldan keyin hissiyotga berilib yiqildi

Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida yutqazgan «Real» yarim himoyachisi Arda Gyuler uchrashuvdan keyin hissiyotlarini jilovlay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli futbolchi 68-daqiqada Federiko Valverde o‘rniga maydonga tushdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, 73-daqiqada «qaymoqranglilar» uchinchi golni o‘tkazib yubordi va bu gol «ko‘k-anorranglilar»ga g‘alaba keltirdi. Yakuniy hushtak chalingach, «Barsa» futbolchilari g‘alabani nishonlashga oshiqayotgan paytda, Gyuler jahli chiqib, yon chiziqdan bir necha metr narida yotgan suv idishini tepdi, biroq muvozanatini yo‘qotib sirpanib yiqildi. Ushbu holat kameralar tomonidan qayd etildi.

«Real» o‘tgan mavsumdan buyon «Barselona»ga ketma-ket uchinchi finalda imkoniyatni boy berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arda Gyuler finaldan keyin hissiyotga berilib yiqildi