date

Garri Keyn top chempionatlarda 20 gol urgan ikkinchi futbolchi bo'ldi

Garri Keyn top chempionatlarda 20 gol urgan ikkinchi futbolchi bo'ldi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn yanvar oyidayoq Bundesligada 20 ta gol urish marrasiga yetdi. 32 yoshli angliyalik forvard yakshanba kuni "Volfsburg"ga qarshi o'yinda o'zining 20-golini kiritdi va Myunxen klubi 8:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu tariqa Keyn joriy mavsumda Yevropaning besh kuchli ligasida 20 gol chegarasidan oshgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bu natijani faqat "Manchester Siti" hujumchisi Erlin Holann qayd etgan: u APLda 21 uchrashuvda 20 golga yetgan bo'lsa, Keynga Germaniya chempionatida buning uchun 16 o'yin kifoya qildi.

16 turdan keyin "Bavariya" 44 ochko bilan Bundesliga jadvalida yetakchilik qilmoqda. Myunxenliklar Dortmundning "Borussiya"sidan 11 ochkoga ilgarilab ketgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn top chempionatlarda 20 gol urgan ikkinchi futbolchi bo'ldi