Bir paytlar Toshkentning "Bunyodkor" klubida ajoyib mavsumni o‘tkazgan va o‘zbekistonlik ishqibozlarning qalbidan joy olgan chililik hujumchi Xose-Luis Vilyanueva bugun UFF.uz saytiga eksklyuziv intervyu berib o‘tdi.
U bizning savollarga qisqa tarzda javob bergan bo‘lsada, yurtimizni o‘zgacha bir hayajon bilan eslashini ham qo‘shib qo‘ydi.
Intervyuni Sanjar Azizov olib bordi.
- Xose-Luis Toshkentdan salom. Aytingchi, "Bunyodkor" jamoasi esingizdami?
- Sizga ham salom! Toshkent nomini eshitishim bilan yuzimga tabassum yugurdi. Albatta, nafaqat "Bunyodkor" jamoasi balki, butun O‘zbekiston hali hamon esimda. "Qaldirg‘ochlar"ning har bir faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boraman. Ular haqidagi yangiliklar men uchun begona emas.
- Toshkentdan ketib nimalar bilan shug‘ullandingiz?
- Men Toshkentdan keyin Xitoy chempionatiga yo‘l oldim. U erdan keyin vatanimga qaytib keldim. Bolalikdan muxlislik qilgan o‘zimning jonajon Universidad Catolica klubida to‘p surdim. Keyinchalik Argentinaga ketdim va ozroq u erda ham o‘ynadim. Futbolchilik faoliyatimni 2015 yilda Chilida yakunladim.
- Murabbiylik qilish niyati bo‘lganmi, masalan, O‘zbekistondan taklif tushsa qabul qilarmidingiz?
- Men allaqachon murabbiyman (kuladi). O‘zim yillar davomida his qilgan tuyg‘ularni shogirdlarimga etkazishni istayman. Ularga o‘zlari o‘ylagandan ham yaxshiroq ekanliklarini uqtirgim keladi. Albatta, O‘zbekiston termasini boshqargan bo‘lardim. Bu mamlakatga mening mehrim o‘zgacha. Aminmanki, yurtingizda hademay futbol yuksak cho‘qqilarga chiqadi.
- Hozirda, O‘zbekistonlik tanishlar, futbolchilar yoki do‘stlar bilan aloqa qilib turasizmi?
- Men hamisha ijtimoiy tarmoqlarda Jeparov, Kapadze va Pardaevlar bilan gaplashib turaman. Bundan tashqari, bir qator fanatlar bilan ham munosabatim saqlanib qolgan. Ular hamisha menga boshqacha munosabatda bo‘lishadi. O‘z navbatida men ham 2008 va 2009 yillarda klubning bir bo‘lagi bo‘lganimdan faxrlanaman.
- Farzandlaringiz, masalan o‘g‘lingiz kimning yo‘lidan ketyapti? Uning kelajagi futbol bilan bog‘liqmi?
- Oxirgi paytlarda farzanlarimga futbol yoqib boryapti va ular kelajakda futbolchi bo‘lib etishlari haqida biron narsa deya olmayman. Ammo, ularga qarab o‘zimni ko‘ryapman. Ularning futbolga bo‘lgan ehtiroslari meni hayron qoldirmoqda. Ular kichkina askarlardir (kuladi).
- Chili terma jamoasi bu yil Rossiyada Konfederasiyalar kubogida qatnashadi. Yurtingiz termasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Darhaqiqat, Chili termasi yaxshi o‘ynamoqda. Endi shu balansni ushlab qolish kerak. Samapaoli paytida termamiz raqobatbordosh edi, hozir esa ana o‘sha muvaffaqiyatlar ortidan borishga intilyapti. Hozirgi avlod uchun Konfederasiyalar kubogi va Jahon chempionati so‘nggisi bo‘ladi. Ularni o‘rnini bosadigan yosh avlod afsuski, chiqmayapti.
- O‘zbekistonlik muxlislarga nima degan bo‘lardingiz...
- Meni haliyam eslab qolgan va eslagan o‘zbekistonlik ishqibozlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ko‘pchilik meni O‘zbekistonda o‘ynagan eng yaxshi legioner deb, bilardi garchi sizda Rivaldo o‘ynab ketgan bo‘lsa ham.
To‘g‘risini aytsam, O‘zbekistonni hayajon bilan eslayman. Mehmondo‘st yurtingiz juda ajoyib. Umid qilaman, qachonlardir albatta yana O‘zbekistonga yana boraman. Bundan boshim osmonga etardi. Barchangizni quchib qolaman...
- Suhbatingiz uchun rahmat!
Sanjar Azizov, UFF.uz sayti uchun maxsus
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi