Xabi Alonso Peres bilan suhbat qisqa bo'lganini aytdi

Ispaniya Superkubogi finalida Madridning “Real” jamoasi “Barselona”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Xabi Alonso klub prezidenti Florentino Peres bilan bo‘lgan muloqot haqida so‘ralganda, hammasi juda tez sodir bo‘lganini ta’kidladi.
“Peres o‘yindan keyin nima dedi? Hech narsa... Hammasi juda tez bo‘lib ketdi”, — deya Alonsoning so‘zlarini AS nashri keltirdi.
Ispaniya Superkubogi finali Saudiya Arabistonida o‘tkazildi va unda “Real” “ko‘k-anorranglilar”ga 2:3 hisobida yutqazdi.
Alo nso “Real” bosh murabbiyi lavozimiga 2025 yil yozida tayinlangan. 44 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing