date

Rafinya Superkubokdan so‘ng: «Flik mening taqdirimni o‘zgartirdi»

Rafinya Superkubokdan so‘ng: «Flik mening taqdirimni o‘zgartirdi»

«Barselona» vingeri Rafinya Dias Superkubok finalidagi g‘alaba va o‘zi namoyon etgan o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Braziliyalik futbolchi ushbu bahsni joriy mavsumdagi eng yorqin chiqishlaridan biri sifatida baholadi.

— Rostini aytsam, bu o‘yin men uchun mavsumdagi eng yaxshi bahs va eng yoqimli lahzalardan biri bo‘ldi. Men doim jamoa uchun oxirigacha kurashishga, himoyada ishlashga va hujumda foydali bo‘lishga harakat qilaman. Bizda yosh futbolchilar juda ko‘p va to‘g‘ri fikrlash, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga chiqish klub manfaati uchun nihoyatda muhim, — dedi Rafinya.

Uning ta’kidlashicha, «Barselona» safida to‘p tepayotgan har bir futbolchida yagona maqsad bo‘lishi shart — titullar yutish. — Bu futbolkani kiygan ekanmiz, oldimizda faqat sovrinlar bo‘lishi kerak. Biz aynan shu yo‘ldan ketyapmiz, — deya qo‘shimcha qildi vinger.

Shuningdek, Rafinya Klasikodagi hal qiluvchi pallalarga alohida to‘xtaldi. U ikkinchi bo‘limda jamoa bir butun mexanizm kabi harakat qilganini e’tirof etdi. — Ikkinchi taymda biz bir tan-u bir jon bo‘lib o‘ynadik. Menimcha, Xans Flik uchun kerak bo‘lgan ishni bajardik, — dedi u.

Eng qiziq jihat — futbolchi murabbiy Xans Flikning kelishi uning «Barselona»dagi kelajagini saqlab qolganini ochiq tan oldi. — Agar Flik kelmaganida, ehtimol jamoadan ketgan bo‘lardim. U hammasini o‘zgartirdi, menga ishondi va jamoada muhim rol o‘ynashimni aytdi. Futbolchi uchun bundan katta motivatsiya bo‘lmaydi, — dedi Rafinya.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Rafinya joriy mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasi uchun muhim figuraga aylanib ulgurdi. Oldinda esa yanada katta maqsadlar va yangi zafarlar kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya Superkubokdan so‘ng: «Flik mening taqdirimni o‘zgartirdi»