
«Barselona» etakchi futbolchisi Lionel Messi yozgi transferlar mavsumida Kataloniya jamoasini tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar nomini aytib o‘tdi.
Don Balon nashrining xabariga ko‘ra, Messi jamoadoshlari Jeremi Matyo, Lyuk Din va portugaliyalik Andre Gomesh harakatlarini «Barselona»ga noloyiq deb hisoblaydi va ularning jamoadan ketishini istaydi.
Shuningdek, argentinalik hujumchi «Barselona» rahbarlarini jamoadagi boshqa futbolchilar natija uchun jon kuydirmasliklari va doimiy etakchilikdan charchagani haqida ham ogohlantirib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar Messiga yangi shartnoma taklif qilishda unchalik shoshilishayotganlari yo‘q.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar