date

Garri Keyn 60 yillik Bundesliga rekordini takrorladi

Garri Keyn 60 yillik Bundesliga rekordini takrorladi

Garri Keyn hafta oxirida «Volfsburg» darvozasini ishgʻol qilib, Germaniya chempionatidagi joriy mavsumda 20 ta gol chegarasiga yetdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik hujumchi 2023 yil yozida «Bavariya» safiga kelib qoʻshilgandi va shundan beri Bundesligada ketma-ket kamida 20 tadan gol urib kelmoqda. Keyn Germaniyadagi avvalgi ikki mavsumda mos ravishda 36 va 26 bor raqib darvozasini ishgʻol qilgan.

Goal portali xabar berishicha, Bundesligadagi ilk uch mavsumining har birida 20 yoki undan ko‘p gol urishga bungacha faqat bitta futbolchi erishgan. Bu natijani Timo Konechka bundan 60 yil avval qayd etgan.

Konechka 1963/1964 yilgi mavsumda 20 ta, 1964/1965 yilgi mavsumda 22 ta, 1965/1966 yilgi mavsumda esa 26 ta gol urgan.

Bundesliga tarixidagi ilk gol muallifi Timo Konechka 2012 yil 12 mart kuni vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn 60 yillik Bundesliga rekordini takrorladi