date

Ravshan Haydarov O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi maqsadi haqida gapirdi

Ravshan Haydarov O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi maqsadi haqida gapirdi

Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan U-23 Osiyo kubogi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi muhim uchrashuvdan so‘ng, Ravshan Haydarov va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Behruz Karimov matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ravshan Haydarov:

“Keyingi bosqichga chiqishimiz bilan muxlislarimizni tabriklaymiz. Bu juda muhim qadam. Yigitlarga katta rahmat aytaman, ular biz belgilagan rejani to‘liq bajarishdi. Har bir harakatni aql bilan, matonat bilan amalga oshirishga intildik. Uchrashuvning boshida biroz nazoratni yo‘qotdik, ammo ikkinchi bo‘limda barchasini o‘nglab, g‘alaba qozondik”.

Behruz Karimov:

“Bugungi o‘yin ajoyib, emotsiyalarga boy bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz bu yerga bekorga kelganimiz yo‘q. Yoshimiz kichik bo‘lishi mumkin, ammo ishonchimiz kuchli. Maqsadimiz — chempionlik!”

Behruz Karimovdan Superligada ham uzoq masofadan gol urgani va ushbu o‘yinda ham bunday taktikani qo‘llash reja qilinganmidi deb so‘raldi. Karimov:

“Har bir o‘yinda vaziyatimni kutib yurdim. Bugun o‘tkir burchakdan imkoniyat bo‘ldi, men uni o‘ylab o‘tirmasdan zarba yo‘lladim va gol urdim”.

Yana bir muhim nuqta, jamoa o‘yiniga o‘zgarishlarni kiritishdagi rejalar haqida bo‘ldi. Karimov javobida:

“Amirbek yoki Saidumarxonni maydonga tushirilishi, charchagan raqibga kutilmagan zarba bo‘ldi. Bu reja amalga oshdi, ikkala futbolchi ham oldingi o‘yinda katta ish qilishdi”.

Guruh bosqichidan keyingi maqsadlar haqida so‘z yuritgan Ravshan Haydarov:

“Guruhdan chiqdik, raqibimizni ertaga bilsak bo‘ladi. O‘yindan o‘yinga maqsadni yuqoriroq qo‘yapmiz. Pley-offda raqibni yaxshi o‘rganib, reja bilan o‘yinlarga boramiz. Rotatsiya bo‘lishi tabiiy, shu bilan birga o‘yin kuchaytiriladi”.

Bosh murabbiy futbolchilarining o‘yinga bo‘lgan intizomini alohida ta’kidladi:

“Futbolchilarimizning rejaga amal qilishlari va intizomni saqlaganlaridan mamnunman. Barcha futbolchilarimiz individual jihatdan kuchli, ammo g‘alabaga erishishimizning asosiy sababi — taktikaga amal qilishimiz bo‘ldi”.

Behruz Karimov ham o‘z o‘yinida motivatsiyani his qilganini aytib o‘tdi:

“Uchrashuvdan oldin Kannavaroni tashqarida ko‘rdik, bu bizga bosim emas, balki qo‘shimcha motivatsiya berdi. Biz faqat o‘yinimizga e’tibor qaratdik va g‘alaba qozondik”.

Maqsadlari va ishonchlari haqida Behruz:

“Biz oldimizga oliy maqsad qo‘yganmiz. Chempionlik uchun kurash davom etadi. Biz uchun eng muhimi — keyingi o‘yin. Har bir g‘alaba bizni chempionlikka yaqinlashtiradi”.

Raqiblar — Xitoy yoki Avstraliyani o‘rganish jarayonini esa Xaydarov:

“Xitoyni yaxshi bilamiz. Ular bilan ko‘p marta to‘qnash kelganmiz. Ertadan raqiblarni tahlil qilishni boshlaymiz. Raqibni o‘yin uslubini o‘rgangan holda, o‘z uslubimizni ko‘rsatishimiz lozim”.

Shu bilan jamoa keyingi bosqichlarga ishonch bilan o‘tib, maqsadlarga erishish uchun barcha kuchini sarflashga tayyor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi maqsadi haqida gapirdi