Pep Gvardiola «Manchester Siti»da tarixiy transfer rekordi o‘rnatdi

«Manchester Siti»ning bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubga kelganidan buyon nafaqat sovrinlar, balki transfer rekordlarini ham yangilab kelmoqda. Yangi transfer bilan, ya’ni Antuan Semenoning «shaharliklar» safiga qo‘shilishi bilan Pep Gvardiola futbol tarixida misli ko‘rilmagan natijani qayd etdi.
Gvardiola bitta klubda yangi futbolchilarni sotib olish uchun 2 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan dunyodagi birinchi murabbiyga aylandi. Bu katta natijaga erishish uchun Gvardiolaga 10 yil kerak bo‘ldi.
Gvardiolaning eng qimmat xaridlari quyidagilar:
- Jek Grilish — 117 million yevro
- Rodri — 70 million yevro
- Ruben Diash — 71 million yevro
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham Gvardiola davrida «Siti»ga qo‘shilgan. «Siti» Husanov uchun Fransiyaning «Lans» klubiga 40 million yevro to‘lagan edi.
Pep Gvardiola o‘zining transfer strategiasida yuqori sinf futbolchilarni klubga olib kelgan va «Manchester Siti»ni dunyo futbolidagi eng kuchli jamoalardan biriga aylantirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!