«Manchester Siti» yanvarda o‘ng qanotga Uesli Fransani olishni ko‘zlamoqda

«Manchester Siti» yanvarda o‘ng qanotga Uesli Fransani olishni ko‘zlamoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Manchester Siti» yanvar oyida «Roma» safida o‘ynayotgan braziliyalik himoyachi Uesli Fransani tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
  • Klub futbolchini o‘ng qanot himoyasi uchun asosiy variantlardan biri deb biladi va «Roma» bilan ehtimoliy kelishuv shartlarini o‘rgangan.
  • Biroq «Roma»
  • Uesli Fransani jahon chempionatigacha sotishni rejalashtirmayapti, «Tottenxem» va «Nyukasl» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Angliya Premyer-ligasida chempionlik poygasida oldin safda ketayotgan “Manchester Siti” tarkibni yanada quvvatlantirish masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi. “Shaharliklar” bu safar ayniqsa himoya chizig‘idagi eng og‘riqli nuqtalardan biri — o‘ng qanot masalasini hal qilishga jiddiy kirishgani aytilmoqda.

Globo xabariga ko‘ra, Manchester klubi “Roma” safida o‘ynayotgan braziliyalik legioner Uesli Fransani yanvar oyidayoq o‘z jamoasiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Transfer rejasida aynan o‘ng qanot himoyasiga yangi, tezkor va ishonchli variant kerakligi alohida ta’kidlanyapti.

Manbaning yozishicha, “Manchester Siti” skautlari Uesli Fransani kecha-bugun emas — u hali “Flamengo”da to‘p tepgan davrlaridan beri kuzatib keladi. Klub uni himoyada ham, hujumga qo‘shilishda ham foydali bo‘ladigan, zamonaviy talablarga javob beruvchi variant sifatida ko‘rayapti. Shuning uchun “shaharliklar” allaqachon “Roma” bilan bog‘lanib, ehtimoliy kelishuv shartlarini o‘rganib chiqqan.

Qizig‘i, “Siti” bu masalada faol harakat qilib, Fransa uchun raqobatdagi asosiy da’vogarlar — “Tottenxem” va “Nyukasl”dan oldinroq qadam tashlagani ham qayd etilmoqda. Ya’ni, Manchester klubi bu transferni “keyin ko‘ramiz” deb emas, “hozir hal qilamiz” rejimida olib borayapti.

Biroq barchasi ham shunchalik oson emas. Xabarlarga qaraganda, “Roma” rahbariyati o‘z himoyachisini jahon chempionatigacha sotishni rejalashtirmayapti. Demak, italiyaliklar bu futbolchini asosiy bo‘g‘inlaridan biri deb hisoblayapti va shoshilinch qaror qabul qilishga tayyor emas.

Joriy mavsumda 22 yoshli Uesli Fransa barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, faqat himoyadagi vazifalarini bajarib qolmay, raqiblar darvozasiga 3 ta gol urishni ham uddaladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million yevro deb baholanmoqda.

Qisqasi, “Manchester Siti” o‘ng qanotdagi muammoni aniq nishonga oldi. Endi asosiy savol — “Roma” o‘z pozitsiyasida qanchagacha qattiq turadi va Manchester klubi bu bitimni aynan yanvarda yopishga qanchalik yaqin turadi. Chempionlik poygasida esa har bir qaror — “plyus 3 ochko”ga teng bo‘lib qolishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar