Trent Aleksandr-Arnold norozi: u «Real»dan ketish haqida o‘ylayapti

Trent Aleksandr-Arnold norozi: u «Real»dan ketish haqida o‘ylayapti
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Trent Aleksandr-Arnold jamoadagi holatidan qoniqmayotgani sababli «Real»ni tark etish haqida o'ylayapti.
  • The Telegraph xabariga ko'ra, uning noroziligiga klub rahbariyati bergan, ammo to'liq bajarilmagan va'dalar sabab bo'lgan.
  • Agar Angliya Premer-ligasidan munosib taklif tushsa, futbolchi APLga qaytish variantini ko'rib chiqishi mumkin.

Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold yaqin vaqtlarda klubdan boshqa manzilga yo‘l olishi ehtimoli bor. Bu haqda The Telegraph nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchi jamoadagi o‘z holatidan qoniqmayapti. Aytilishicha, bu norozilikka klub rahbariyati tomonidan berilgan, ammo to‘liq bajarilmagan bir qator va’dalar sabab bo‘lgan. Tabiiyki, bunday vaziyatda o‘yinchi o‘z kelajagi haqida jiddiy o‘ylab ko‘radi — ayniqsa «qirollik klubi»dek katta jamoada har bir futbolchi o‘zini muhim figura sifatida his qilishni istaydi.

Qayd etilishicha, Trent «qaymoqranglilar» safini tark etish variantini ham rad etmayapti. Agar Angliya Premyer-ligasidan munosib taklif tushsa, u yana APLga qaytishni ko‘rib chiqishi mumkin. Chunki u o‘sha muhitni, sur’at va talabi yuqori chempionatni yaxshi biladi, qolaversa, u yerda uning nomi hamon katta qiziqish uyg‘otishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Trent Aleksandr-Arnold 2025 yil yozida «Liverpul»dan «Real»ga o‘tgan edi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda esa himoyachi «Real» tarkibida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Biroq futbolda shartnoma uzun bo‘lishi — har doim ham kafolat degani emas. Agar o‘yinchi o‘zini kerakli darajada qadrlangan deb his qilmasa, eng katta loyihalarda ham “ketish” degan variant stol ustiga chiqib qolaveradi. «Real» esa bu vaziyatda Trentni saqlab qolish uchun unga ishonch va aniq rol berishga majbur bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar