date

«Real» Madridda «Levante»ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

«Real» Madridda «Levante»ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

La Liganing 20-turida Madridning «Real» klubi o‘z maydonida «Levante»ni qabul qildi va bellashuv “qirollik klubi” foydasiga yakun topdi. Uchrashuv davomida mezbonlar ko‘proq to‘p nazoratini ushlab turishga, tezkor hujumlar orqali raqib himoyasini yorib o‘tishga intilishdi.

Hisob esa ikkinchi taymda ochildi. 58-daqiqada «Real» hujumchisi Kilian Mbappe penalti nuqtasidan sovuqqonlik bilan zarba berib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 65-daqiqada Raul Asensio o‘z goli bilan ustunlikni mustahkamlab qo‘ydi va o‘yinni “Real” uchun yanada qulay holatga keltirdi.

Shu tariqa, «Real» 20 ta uchrashuvdan keyin 48 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Levante» esa 19 ta o‘yindan so‘ng 14 ochko bilan 19-pog‘onada qolmoqda.

La Liga. 20-tur

Real – Levante 2:0

Gollar: Mbappe 58 pen, Asensio 65

Real – Kurtua, Valverde, Asensio, Heysen (Seballos, 61), Karreras. Chuameni, Kamavinga (Guler, 46), Gonsalo Garsiya, Bellingem, Mbappe, Vinisius.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» Madridda «Levante»ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi