date

Hulian Alvaresning Atletikodagi kelajagi savol ostida qoldi

Hulian Alvaresning Atletikodagi kelajagi savol ostida qoldi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Hulian Alvares jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Matteo Moretto xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Atletiko»da kelajagi hozircha aniq bo‘lmagan o‘yinchilar qatoriga kiradi. Avvalroq forvardga bir nechta top-klublar qiziqish bildirayotgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan edi.

Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga 75 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 100 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Hulian Alvaresning Atletikodagi kelajagi savol ostida qoldi