date

Barselona Misrning yosh hujumchisi transferini yakunladi

Barselona Misrning yosh hujumchisi transferini yakunladi

"Al-Ahli" hujumchisi Hamza Abdelkarim "Barselona" safiga yo'l oldi. Jurnalist Fernando Polo xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvni allaqachon yakunlab bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18 yoshli futbolchi kataloniyaliklar tarkibiga ijaraga keladi, bitimda esa 3 mln yevroga sotib olish opsiyasi ham bor. Yaqin kunlarda misrlik iqtidor tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan keyin transfer rasmiylashtiriladi.

"Barselona"ning bu o'yinchini qo'lga kiritish niyati bir necha oy avval ham tilga olingandi. Abdelkarim Qohiraning "Al-Ahli" klubida 9 ta uchrashuv o'tkazgan, hozircha natijali harakatlari bilan ajralib turmagan, biroq Misr U-17 terma jamoasida 19 o'yinda 12 gol urib, 6 assist qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Misrning yosh hujumchisi transferini yakunladi