date

Ter Shtegen Barselonadan ketish oldidan Garsiya bilan maslahatlashgan

Ter Shtegen Barselonadan ketish oldidan Garsiya bilan maslahatlashgan

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen mavsum oxirigacha ijara asosida "Jirona" safiga o‘tdi. 33 yoshli germaniyalik posbon joriy mavsum yakunigacha "oq-qizillar" sharafini himoya qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ter Shtegen "Barselona"dan vaqtincha ketish qarori oldidan himoyachi Erik Garsiya bilan gaplashganini aytdi. Avvalroq Garsiya ham aynan "Jirona"dagi ijara orqali tajriba to‘plab, faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygandi.

Darvozabonning so‘zlariga ko‘ra, Erik klub va u yerdagi muhit haqida iliq fikr bildirgan: "Jironada seni tez qabul qilishadi, u yerda oilaviy atmosfera bor". Ter Shtegen, shuningdek, hozir "Barselona"da muhim futbolchiga aylangan Garsiyani tabriklab, uning "Jirona"dagi ijarasi boshqalar uchun ham yaxshi namuna bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

26-yanvar kuni Michel jamoasi La Liganing 21-turida o‘z maydonida "Xetafe"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ter Shtegen Barselonadan ketish oldidan Garsiya bilan maslahatlashgan