date

Kimmix JCH-2026 boykoti haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Kimmix JCH-2026 boykoti haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hamda Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yozua Kimmix AQShning siyosiy qarorlari fonida 2026 yilgi jahon chempionatini boykot qilish ehtimoli borasida fikrini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi bu masalada siyosiy bahslarga aralashmoqchi emasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilarning bunday mavzudagi bayonotlari vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, Germaniyada esa bu masalalarni undan ko‘ra yaxshiroq tushunadigan odamlar bor va izohni ular berishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati yozda Shimoliy Amerikada o‘tkaziladi. Nufuzli musobaqaga bir yo‘la uch davlat mezbonlik qiladi: AQSh, Kanada va Meksika.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kimmix JCH-2026 boykoti haqidagi gaplarga munosabat bildirdi