Ispaniyada Zaharjan Real Sosedadni tark etishiga ishonishmayapti

Ispaniyalik jurnalist Oskar Badalyo rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaharjanning “Real Sosedad”dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq jamoaning yangi bosh murabbiyi 22 yoshli futbolchiga katta umid bog‘lamayotgani haqida ma’lumot tarqalgan edi.
Badalyo fikricha, Zaharjan hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha San-Sebastyan klubida qoladi. Uning aytishicha, hozircha futbolchining jamoani tark etishi bo‘yicha aniq signal yo‘q.
Mutaxassis Zaharjan “Real Sosedad”ga hali foyda keltira olishini ta’kidladi. Shuningdek, jamoada kadrlar bilan bog‘liq muammolar borligi ham uning qolish ehtimolini oshiradi.
Zaharjan 2023 yilda “Real Sosedad”ga o‘tgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Rossiyalik futbolchining San-Sebastyan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!