Kanchelskis Yevropadagi eng muvaffaqiyatli rossiyalik futbolchini aytdi

Rossiya futbolining sobiq yulduzi Andrey Kanchelskis «Monako» safida to‘p surayotgan yarim himoyachi Aleksandr Golovin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisga ko‘ra, Golovin Fransiya chempionatida barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda va ayni paytda Yevropada harakat qilayotgan rossiyalik futbolchilar orasida eng muvaffaqiyatlisi hisoblanadi. Kanchelskis uning natijalarini «PSJ»dagi Matvey Safonovnikidan ham yuqori baholadi.
Golovin 2018 yilda Moskvaning CSKA klubidan «Monako»ga ko‘chib o‘tgan. U monakoliklar safida 251 uchrashuvda maydonga tushib, 36 gol urdi va 41 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing