date

Arbeloa Mourinyu fikrlariga hurmat bilan munosabat bildirdi

Arbeloa Mourinyu fikrlariga hurmat bilan munosabat bildirdi

Joze Mourinyu yaqinda yirik klublar yutuqlarsiz murabbiylarga ishonch bildirishidan hayratda ekanini aytgandi. Portugaliyalik mutaxassisning ushbu fikrlariga «Real» bosh murabbiyi etib tayinlangan Alvaro Arbeloa ham munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Arbeloa juma kungi matbuot anjumanida Mourinyu uning uchun qanchalik muhim ekanini ta’kidladi. «Barchangiz bilasiz, Mourinyu men uchun nimani anglatishini. Bunday tajriba va tarixga ega murabbiy gapirsa, men doim eshitishga, aytilganlarni tahlil qilishga harakat qilaman», — dedi u.

Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Barselona»dan bir ochko ortda qolgan. Arbeloa jamoasi navbatdagi uchrashuvini 24 yanvar kuni safarda «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Mourinyu fikrlariga hurmat bilan munosabat bildirdi