date

Zaharyan vakili mish-mishlarga Trampni eslab javob berdi

Zaharyan vakili mish-mishlarga Trampni eslab javob berdi

Arsen Zaharyanning vakili Gennadiy Golubin futbolchi atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Avvalroq OAVda “Real Sosyedad” bosh murabbiyi Pellegrino Mataratstso Zaharyanga endi unga tayanmasligini aytgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Golubinning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. “Donald Tramp aytganidek, bu — fake news. Hech narsa rost emas, hech kim bilan hech qanday suhbat bo‘lmagan”, — dedi u “Match TV”ga.

Qayd etilishicha, Zaharyan La Ligada “Atletik”ka qarshi o‘yin arafasida safga qaytishi kutilmoqda. Uchrashuv fevral oyining ilk oqshomida bo‘lib o‘tadi.

Hozirda “Real Sosyedad” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. 20 turdan keyin jamoa 24 ochko jamg‘argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zaharyan vakili mish-mishlarga Trampni eslab javob berdi