Luis Enrike Anchelottini futbolchilar uchun futbol otasi deb atadi

«Zenit» hujumchisi Luis Enrike Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi. U avvalroq Anchelottini “futbol otasi” deb ta’riflagan Branislav Ivanovichning gaplariga qo‘shildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
— To‘g‘ri aytilgan! O‘ylaymanki, Braziliya terma jamoasining hozirgi tarkibidagi barcha futbolchilar buni allaqachon his qilib ulgurgan. U doimo ochiq: eshitadi, maslahat beradi va zarur bo‘lsa yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor, — dedi Enrike. Uning so‘zlarini «Match TV» keltirdi.
Ma’lumot uchun, Anchelotti 2025 yil bahorida Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. Kutilishicha, italiyalik mutaxassis jamoani yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatiga ham olib boradi.
Mundialda Braziliya C guruhida Gaiti, Marokash va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!