date

Arbeloa Trentga Realdagi kelajagi borligini va’da qildi

Arbeloa Trentga Realdagi kelajagi borligini va’da qildi

Madridning “Real” klubi o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold bilan xayrlashish niyatida emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq mish-mishlarda “qirollik” klubi ingliz futbolchisini sotishga tayyor ekani, yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa esa unga katta ishonch bildirmayotgani aytilgandi. Shuningdek, 27 yoshli himoyachi ham jamoada berilayotgan roldan ko‘ngli to‘lmayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, Arbeloa Trent bilan yaqinda yuzma-yuz suhbat o‘tkazib, u jarohatdan safga qaytgach jamoada “juda muhim” rol o‘ynashini va’da qilgan. Ispaniyalik mutaxassis “Liverpul” tarbiyalanuvchisiga to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Manba ta’kidlashicha, “Real” rahbariyati ham Aleksander-Arnoldga so‘zsiz ishonadi va u Ispaniyadagi debyut mavsumining birinchi yarmi kutilganidek chiqmaganiga qaramay, undan voz kechish rejasida emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Trentga Realdagi kelajagi borligini va’da qildi