Bavariya Upamekano bo'yicha qat'iy qarorga keldi

Markaziy himoyachi Dayo Upamekano hali ham «Bavariya»ning yangi shartnoma bo'yicha taklifiga rozilik bildirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz futbolchining amaldagi kelishuvi yarim yildan so'ng yakuniga yetadi. Myunxen klubi rahbariyati esa anchadan beri uni shartnomani uzaytirishga ko'ndirishga urinmoqda. Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, «Bavariya» hozirgi taklif shartlarini yaxshilashni aniq rejalashtirmaydi: Upamekano mavjud variantni qabul qiladi yoki yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
Klub hozircha futbolchiga yakuniy javob muddati belgilamagan, biroq keyingi mavsum tarkibini shakllantirish ishlariga kirishish uchun uning qarorini imkon qadar tezroq bilishni istamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing