Alvares agenti futbolchining Barselonaga ehtimoliy o‘tishini izohladi

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares manfaatlarini himoya qiluvchi agent Fernando Idalgo futbolchining Kataloniyaning «Barselona» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Idalgoning ta’kidlashicha, Alvaresni safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan har qanday tomon avvalo «Atletiko» bilan bog‘lanishi kerak. Agent futbolchi amaldagi shartnoma bilan bog‘langanini va hozir to‘liq tarzda jamoasidagi vazifalariga e’tibor qaratayotganini aytdi. Shuningdek, u «Barselona» sport direktori Deko bilan uchrashuv bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etib, so‘nggi paytda u bilan ko‘rishmaganini bildirdi, deb yozadi Sport.es.
Manbalarga ko‘ra, argentinalik hujumchining transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda. Alvaresning «Atletiko» bilan shartnomasi esa 2030 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!