date

Konseysau Ronalduning Portugaliya termasidagi o‘rnini baholadi

Konseysau Ronalduning Portugaliya termasidagi o‘rnini baholadi

“Yuventus” vingeri Fransishku Konseysau Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi uchun qanchalik muhim ekani haqidagi savolga fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

40 yoshli “Al-Nasr” hujumchisi saralash uchrashuvlarida besh gol urib, portugallarning 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olishiga katta hissa qo‘shgani ta’kidlandi.

Jurnalistlar “Portugaliya terma jamoasi Ronaldusiz yaxshiroq o‘ynaydi” degan qarashlar borligini eslatganda, Konseysau har kimning o‘z fikri bo‘lishi mumkinligini, ammo jamoa baribir Ronalduni bebaho deb bilishini aytdi.

Konseysauga ko‘ra, Ronaldu avval nima qilgani va hozir ham termaga berayotgan hissasini inkor etib bo‘lmaydi. U doimiy ravishda gol urishda davom etsa, terma jamoaga yana ham katta foyda keltirishi shubhasiz.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya 2026 yilgi JChda O‘zbekiston va Kolumbiya bilan bir guruhda to‘p suradi. Guruhdagi uchinchi raqib pley-off natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konseysau Ronalduning Portugaliya termasidagi o‘rnini baholadi