date

Flik Gavi tiklanishi haqida ijobiy fikr bildirdi

Flik Gavi tiklanishi haqida ijobiy fikr bildirdi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yarim himoyachi Gavi jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni haqida gapirdi. Futbolchi mavsum boshida operatsiya qilinib, hozirda to‘liq mashg‘ulotlarga qaytish ustida ishlamoqda. Gavi maydonga bahor arafasida qaytishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Flikning ta’kidlashicha, futbolchi ancha oldinga siljigan, biroq eng muhimi — shoshilmaslik. Murabbiy Gavi tibbiy shtabga to‘liq ishonishi kerakligini aytib, uning oldinda uzoq faoliyati borligini eslatdi. Flik fikricha, agar yarim himoyachi fevral oyida safga qaytsa, barchani qoniqtiradi, ammo asosiy maqsad — Gavining to‘liq tayyor holatda maydonga qaytishi.

25-yanvar, yakshanba kuni “Barselona” o‘z maydonida “Real Ovedo”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Gavi tiklanishi haqida ijobiy fikr bildirdi