date

Keyn va Olise Bavariyaning Augsburgga qarshi asosiy tarkibida

Keyn va Olise Bavariyaning Augsburgga qarshi asosiy tarkibida

Myunxenning «Bavariya» jamoasi shanba oqshomida Germaniya chempionati doirasida o‘z maydonida «Augsburg»ni qabul qiladi. Bosh murabbiy Vensan Kompani uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Unga ko‘ra, maydonga quyidagi futbolchilar asosiy tarkibda tushadi: Urbik, Ito, Min-Djye, Ta, Devis, Pavlovich, Goretska, Dias, Olise, Karl, Keyn.

«Bavariya» – «Augsburg» uchrashuvi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O‘yinning barcha tafsilotlarini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

Hozirda «Bavariya» Bundesliganing turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Myunxenliklarning ikkinchi pog‘onadagi jamoaga nisbatan ustunligi 11 ochkoni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn va Olise Bavariyaning Augsburgga qarshi asosiy tarkibida